Koronavirus infeksiyasi qay holatda yuqadi?
Xitoy Xalq Respublikasida koronavirusning yangi tipi epidemiyasi yuzaga kelganidan xabaringiz bor.
Xitoy Xalq Respublikasida koronavirusning yangi tipi epidemiyasi yuzaga kelganidan xabaringiz bor. Ma’lumotlarga ko‘ra 2020 yilning 23 yanvar tonggi holatida Xitoyda 571 holatda koronavirus kasalligi aniqlangan, ulardan 17 nafar inson vafot etgan.
Kasallik Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarda ham aniqlangan. Uxanlik ayrim kasallangan bemorlar mahalliy dengiz mahsulotlari savdo bozorlarida ishlaganligi aytilmoqda. Koronavirus infeksiyasining asosan hayvonlardan yuqishi taxmin qilingandi. Endilikda esa ushbu kasallikning odamdan-odamga yuqishi ma’lum bo‘ldi – 14 nafar tibbiyot xodimi ham mazkur xastalikni yuqtirib olgan.
Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan o‘tkaziladigan matbuot anjumanida Xitoyda yuzaga kelgan koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat hamda bu borada qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani haqida mutaxassislar fikrlari tinglanadi. Ushbu holatda aholiga qanday ehtiyot choralarini ko‘rish kerakligi yuzasidan tavsiyalar beriladi.