Koreya xalqaro maktabi tashkil etiladi
Namangan viloyatida zamonaviy investitsiya loyihalarini jalb etish borasida xorijiy sarmoyadorlar bilan manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isoqov yurtimizga amaliy tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasining “Jeollanam-Do” ta’lim boshqarmasi mas’ul mutasaddisi Yu Seong I bilan uchrashdi. O‘zaro muloqot jarayonida ta’lim sohasidagi yangi loyiha va takliflar yuzasidan muzokaralar o‘tkazilib, Namanganda 270 nafar o‘quvchi qabuli rejalashtirilgan “Jeollanam-do” xalqaro maktab ochish bo‘yicha taqdimot ko‘rib chiqildi.
Mazkur xalqaro muassasaning ochilishi 2026 yilda rejalashtirilgan bo‘lib, mexanika, elektr va elektronika, sog‘liqni saqlash hamda hamshiralik yo‘nalishlariga qabul joriy yilda amalga oshiriladi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA