Kontrabandaga qarshi hamkorlik
Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo” chegara bojxona postida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Viloyat bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Sirdaryo” chegara bojxona posti orqali kontrabanda yo‘li bilan kirib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aniqlanganda favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining (FVDqT) xizmatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.


Maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotida bojxona, chegara, viloyat FVB, IIB, MG va SSB, SEO va JSB xizmatlari hamda maxsus texnikalar jalb qilindi.


Tadbir yakunida barcha vakolatli idoralar vakillari tomonidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha fikr almashildi, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Sh. Suyarov,
O‘zA