Konstruktiv hamkorlik yanada rivojlanlantiriladi
27 may kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) saylovlar bo‘yicha katta maslahatchisi Aleksey Gromov boshchiligidagi Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov ekspertlarga partiyaning bugungi kundagi faoliyati, Saylovoldi dasturining amalga oshirilishi hamda elektorat bilan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Uchrashuvda Ehtiyojlarni baholash missiyasi kutilayotgan Prezident sayloviga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash va ushbu jarayonni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida muloqot o‘tkazayotgani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotdan mamnun ekanliklarini bildirib, samarali va konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olishdi.

O‘zA