Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish – davr talabi!
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimligida o‘tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shohista Turg‘unova konstitutsiyaviy islohotlar zamirida inson qadrini ulug‘lash maqsadi mujassamligini, "Inson — jamiyat — davlat" strategiyasi pirovard maqsad qilib olinganini ta’kidladi.
[gallery-7786]
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Bosh qomusimizga davr talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish jarayonida barcha soha va tarmoq kishilari, keng jamoatchilik faol ishtirok etishi zarurligiga urg‘u berdi.
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA