Konstitutsiyada belgilangan dam olish kunlari (+Video)
Ekspert tahlili
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2-son Toshkent akademik litseyi Huquqiy, ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchi Murodjon Ahmedov O‘zA muxbiriga bergan intervyusida Konstitutsiyada belgilangan dam olish kunlari, umuman, mehnat qonunchiligidagi masalalarga to‘xtaldi.
– Inson mehnat qilar ekan, ham ma’nan, ham jismonan hordiq olishga ehtiyoj sezadi. Mehnat qonunchiligida har bir shaxs dam olish huquqiga ega ekani, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchining qonunda belgilangan ish vaqti davomiyligi, dam olish va bayram kunlari, haq to‘lanadigan hal yilgi ta’til kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlari, jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy – dam olish, ijtimoiy ta’minot olish, nafaqaga chiqish huqulari qonuniy tarzda ko‘rsatilgan. Masalan, mehnat qonunchiligida belgilangan dam olish kunlari bor. “Taqvimdagi qizil kunlar” – real holatda dam olish kunlardir.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/__doekhLwxI" title="Konstitutsiyada belgilangan dam olish kunlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>“1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” sifatida e’tirof etilgan. B esa qo‘shimcha dam olish – ishlanmaydigan kunlar sifatida e’lon qilingan. Agar o‘sha kun shanba yoki yakshanbaga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi, demak real dam olingan hisoblanadi.
Shuningdek, “11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni”, ammo joriy yil dam olmadik. Bu savolga “qonuniy mehanizm jarayoni bor”, deb javob beraman. Qonunning kuchga kirishi matbuotda e’lon qilish bilan kafolatlanadi. Ya’ni bu jarayonda Oliy Majlis rasman e’lon qilmasa hisobmas.
Har bir “taqvimdagi qizil kunlar” uchun dam olish hujjatda doimiy belganlangan real norma. Qayd etish kerak, Vazirlar Mahkamasi, Prezident farmoni, Mehnat kodeksi dam berish huquqiga ega. Mamlakatimizda mehnat qonunchiligi, yangi normalar, aynan Konstitutsiya va xalqaro huquq normalariga moslashtiriladi, so‘ngra tuziladi.
Behruz Xudoyberdiyev,
Asliddin Alijonov (video), O‘zA