Konkur bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” ot sporti majmuasida to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Uch kun davom etgan bellashuvlar mamlakatimizda ot sportini rivojlantirish, chavandozlarning mahorat va tajribasini oshirish, yosh va istiqbolli sportchilarni kashf etish hamda ularni nufuzli musobaqalarga tayyorlash borasidagi sa’y-harakatlarning muhim qismi bo‘ldi.
Musobaqalar davomida chavandozlar balandligi 110 santimetrdan 150 santimetrgacha bo‘lgan to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha bellashib, o‘z mahoratini namoyish etdi.
Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Alisher Erkinov, Xurshid Olimjonov, Dilshod Mamadaliyev, Dilshod Shokirov, Humoyun Abdullayev va Miryoqub Ismoilov kabi chavandozlar g‘oliblar safidan joy oldi.
[gallery-32010]
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Alimurod MAMADAMINOV (surat), O‘zA