Kongo Demokratik Respublikasida norozilik avj olmoqda
Kongo Demokratik Respublikasida jinoyatchilik kuchayishiga qarshi norozilik namoyishi natijasida halok bo‘lganlar soni 4 nafarga yetgan, kamida 6 kishi esa jarohat olgan, – deya xabar bermoqda mahalliy OAV.
Namoyish dushanba kuni sharqdagi Goma shahrida boshlangan edi.
Halok bo‘lganlar orasida Kongo milliy politsiyasi komissari ham bor deb, avvalroq, jurnalistlarga Shimoliy Kivu provinsiyasi harbiy gubernatori matbuot kotibi Silven Ekenge ma’lum qilgan edi.
Namoyishchilarni huquq-tartibot xodimlariga hujum qilganlikda qoralagan Ekenge shaxsi hali aniqlanmagan yana bir jasad borligini aytdi.
– Qanday qilib huquqni muhofaza qilish organi xodimini o‘ldirish mumkin? Axir o‘sha politsiyadan xavfsizlikni ta’minlashni so‘raysiz-ku, – deydi Ekenge.
Namoyishchilar prezident Feliks Shisekedi tomonidan may oyida Shimoliy Kivu va qo‘shni Iturida zo‘ravonliklarning kuchayishini to‘xtatish maqsadida e’lon qilingan favqulodda holatdan norozi ekanliklarini bildirgan.
Ular, shuningdek, Ruanda politsiyasi va Kongo Demokratik Respublikasi o‘rtasida o‘tgan hafta Kigali shahrida transchegaraviy jinoyatga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirish uchun o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanganidan so‘ng, Ruanda politsiyasining Goma shahriga bostirib kirishiga qarshi ekanligini ma’lum qilgan.
Namoyishchilar Shimoliy Kivu provinsiyasi markazi Gomaga olib boruvchi asosiy yo‘lni to‘sib, shinalarni yoqib, yo‘l bo‘ylab barrikadalar o‘rnatdi.
Politsiya olomonni tarqatish uchun haqiqiy o‘q bilan o‘q uzdi, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi, bank, do‘kon, markaziy bozor va maktablar yopildi.
Xabarga ko‘ra, namoyishchilar Kongo milliy politsiyasi namoyishchilardan uchta qurolni musodara qilgan. Politsiyaning xabar qilishicha, Gomaning ayrim qismlarini qamrab olgan namoyish paytida o‘nlab namoyishchilar hibsga olingan.
Ulug‘bek Mahmirzayev