Komandir va o‘quvchi-yoshlar uchrashuvi (video)
FOTOREPORTAJ
Jizzax viloyati Zomin tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism komandiri, podpolkovnik B. Ro‘ziyev bilan “Armiya – jasorat, matonat va bilim maskani” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda navqiron avlod manfaatlarini kafolatlash maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, ona Vatan tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilish har bir yosh shon-sharaf ishi ekani, xizmat burchini o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritildi. Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
[gallery-15335]
Tadbirning rasmiy qismi nihoyasiga yetgach, zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi hamda harbiy orkestr jamoasining yurtga muhabbat hamda milliy armiyani tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari yangradi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LWOv4C4TFXI" title="" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA