Kolumbiya terma jamoasi Kongo DRni minimal hisobda mag‘lub etib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Uchrashuv yakunlandi.
Jahon chempionatining 2-tur uchrashuvlari yakunlandi.
Dastlabki turda O‘zbekiston terma jamoasini mag‘lub etgan Kolumbiya Kongoga qarshi maydonga tushdi. Lotin Amerikasi vakillari uchrashuvning 6-daqiqasidayoq hisobni ochgan edi, biroq ofsayd sabab gol bekor qilindi. Kolumbiya terma jamoasi o‘yinning qolgan daqiqalarini ham katta ustunlikda o‘tkazdi. 76-daqiqaga kelib Daniel Munyos gol urib hisobni ochdi. Shundan so‘ng ham kolumbiyalik 2ta gol urishda, biroq gollar qoida buzilishi sabab inobatga olinmadi. Shu tariqa, uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi va Kolumbiya ochkolar sonini 6taga yetkazib oldi.