"Kitob va mutolaa haftaligi" bo‘lib o‘tmoqda
Ma’lumki, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali va foydali tashkil etish, ularni qo‘shimcha adabiyotlar bilan ta’minlash, bilimlarini boyitishda kutubxonalarning o‘rni g‘oyat katta.
"Kitob va mutolaa haftaligi" yoshlarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasining bo‘limlari, uning faoliyati va imkoniyatlari, ulkan kitoblar xazinasi bilan kengroq tanishish imkonini berishi bilan ahamiyatli.


Haftalik doirasida turli adabiy-ma’rifiy anjumanlar, ijodiy uchrashuvlar, muloqotlar, ijodiy tanlovlar, kitob ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda.
N.Usmonova,
O‘zA