Kimlar birinchi bo‘lib ovoz berdi? (Onlayn)
Xalqaro matbuot markazida ayni paytda yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Xalqaro matbuot markazida ayni paytda yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov bugun soat 8:00 da ko‘tarinki kayfiyatda boshlanganini qayd etdi.
Ertalabdan 10 ming 260 ta saylov uchastkasida saylov jarayonlari Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.
Aytish kerakki, saylov uchastkalarining 55 tasi xorijiy davlatlarda bo‘lib, ilk ovoz beruvchilar Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Tayland, Hindiston kabi davlatlardagi vatandoshlarimiz bo‘ldi.
Anjuman davom etmoqda.