Kim uchuvchi bo‘lishni istaydi?
«Uzbekistan Airways» milliy aviatashuvchisi yoshlarni uchuvchilik kasbini egallashga taklif etadi. Havo kemasini boshqarishni istagan va zarur talablarga javob bergan yoshlar aviakompaniyaning o‘quv-mashg‘ulot markaziga kelishlari mumkin.
Nomzodlar 31 yoshdan oshmagan bo‘lishi, to‘liq oliy texnik ma’lumotli va sog‘lom bo‘lishi kerak. Shuningdek, ular harbiy guvohnoma va 6,0 balldan past bo‘lmagan IELTS sertifikatini taqdim etishlari kerak.
O‘qish 2 yil davom etadi va to‘lov puli aviakompaniya tomonidan qoplab beriladi.
Roman Bondarchuk tayyorladi, O‘zA