Kim o‘g‘irlasa, u albatta qamoqda o‘tiradi
Venesuela huquq-tartibot organlari aksilkorrupsiya tekshiruvi doirasida 19 nafar yuqori lavozimli davlat xizmatchilarini hibsga oldi. Ular korrupsiya ishlariga aralashganlikda gumonlanmoqda, deb xabar tarqatdi hukumatning "Correo del Orinoco" gazetasi.
“Ayni paytda 19 kishi qo‘lga olindi, ishonchim komilki, bu raqam hali o‘zgaradi. Korrupsiyaga qarshi tekshiruv ishlari endi boshlandi, bir necha nafar sudyalar va mansabdor shaxslar hibsga olindi”, - deb bayonot berdi Milliy assambleya raisi Xorxe Rodriges.
“Kim o‘g‘irlasa, u albatta qamoqda o‘tiradi”, - deya qo‘shimcha qildi mamlakat parlamenti rahbari.
Dushanba kuni Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro mamlakat neft sanoati vaziri Tarek al-Ayssamining iste’fosini qabul qilganini ma’lum qilib, davlatga qarashli PDVSA neftgaz kompaniyasini korrupsiyadan tozalashga va’da bergandi.