Kilva sultonlari haqida kitob chop etildi
Hamkorlarimiz sahifalarida
Sharja hukmdori va Oliy Kengash a’zosi shayx Sulton bin Muhammad Al-Qosimiyning “Kilva sultonlari tarjimai holi” romani nashr etildi. Bu haqda “WAM” axborot agentligi xabar berdi.
Asarda Kilva oroli sultonlarining hayoti, ularning Afrikaga ko‘chib o‘tishi sababi, turli voqealar, hukmronlik davridagi sinov va musibatlar hikoya qilinadi. Tarixdan ma’lumki, Kilva markazi shu nomli orol (zamonaviy Tanzaniyada)da joylashgan o‘rta asr davlati bo‘lib, qudratli sultonlik gullab-yashnagan davrida butun Suaxili qirg‘oqlarini qamrab olgan. Bu yurtga X asrda sherozlik fors shahzodasi Ali ibn Al-Hasan Sheroziy asos solgan.
114 betli roman o‘n bir bob va ilova - Kilva sultonlarining nasl-nasab zanjiri hamda o‘nlab arabiy va xorijiy manba, ma’lumotlardan iborat.
Muallif tekshirish va izlanish natijasida Kilox tarixiga oid asrlar davomida shakllangan chalkashliklarni bartaraf etdishga va hal qilishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur tadqiqot “Kilva tarixidagi Salva kitobi” nomli qo‘lyozmaga asoslangan.
– Sharqiy Afrika tarixini yozishga asnosida dastlab London kutubxonasidan qo‘lyozmaning foto nusxasini oldim, – deydi shayx Sulton bin Muhammad Al-Qosimiy. – Qo‘llanmani o‘rganish bilan bir qatorda arab va chet el tarixchilari tomonidan ushbu qo‘lyozma haqida yozilgan ko‘p ma’lumotlarni to‘pladim. “Kitob al Salva fi tarixi Kilva”ning muallifi noma’lum. Uning faqat tug‘ilgan sanasi - 904 yil Shavvol oyining ikkinchi dushanbasi eslab o‘tilgan. Ushbu qadimiy manba Abdulloh ibn Musaboh As-Savafiy tomonidan 1877 yil hukmronlik qilgan Barg‘ash ibn Said ibn Sulton buyrug‘i bilan ko‘chirilgan. O‘n bobidan uch bobi yo‘q. Men o‘sha qismini portugalcha hujjatlardan foydalanib to‘ldirdim.
Sharja hukmdorining tarix, teatr, adabiyot sohalariga bag‘ishlangan jami 76 kitobi nashr qilingan, bu asarlarning aksariyati 20 dan ziyod xorijiy tilga tarjima qilingan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA