Kichik biznesdan katta biznesgacha...
FOTOREPORTAJ
Tadbirkorlikni jadal rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda biznes muhitini yanada yaxshilash maqsadida soliq xizmati organlari tomonidan ishbilarmon doira vakillari bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday targ‘ibot tadbirlaridan navbatdagisi Samarqand tumanida bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar, ular tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil so‘z yuritildi.
[gallery-24143]
Xususan, muloqotda “o‘zini o‘zi band qilgan shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — kichik biznes — o‘rta biznes — yirik korxona” zanjiri asosida tadbirkorlik sub’ektlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda tadbirkorlarni qiziqtirgan masalalar, faoliyatlaridagi mavjud muammolar tinglandi hamda ularning o‘ndan ortig‘i joyida hal etildi, yechimi vaqt talab qiladigan ayrim murojaatlar mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA