Keng imkoniyat — rivojlanish omili
Samarqand shahridagi “Sabina S” xususiy korxonasi rahbari Sodiq Abdusamatov yurtimizda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z biznesini rivojlantirayotgan ishbilarmonlardan.
Samarqand shahridagi “Sabina S” xususiy korxonasi rahbari Sodiq Abdusamatov yurtimizda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z biznesini rivojlantirayotgan ishbilarmonlardan.Dastlab uy-ro‘zg‘or mebellari ishlab chiqargan tadbirkor ushbu mahsulotlar turini yanada kengaytirish barobarida eshik tayyorlashni ham yo‘lga qo‘ydi.
— Faoliyatimizni kengaytirishda davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyoz va qulayliklar ayni muddao bo‘lmoqda, - deydi Sodiq Abdusamatov. — Xorijdan zamonaviy mebelsozlik uskunalari keltirdik va ularga kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini jalb qildik. Natija biz kutganimizdan ham ziyoda bo‘ldi. Yoshlar ilg‘or texnologiyalarni tez o‘zlashtirdi. Mahsulotlarimizga bozorda talab yil sayin ortmoqda. Yil oxiriga qadar oyna ishlab chiqarish sexini ham tashkil etish uchun amaliy chora-tadbirlar boshlab yuborilgan.
Korxonada mehnat qilayotgan 40 dan ortiq ishchining aksariyati kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir.