Kelajak vorislari uchun zamonaviy sharoit
Nukus tumani “Samanboy” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Quyoshcha” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 150 nafar bolajonni o‘z bag‘riga olgan.
Tadbirkor Bobur Kamolov tashabbusi bilan barpo etilgan bog‘chaning qurilish ishlariga bank tomonidan ajratilgan 4 milliard 300 million so‘m miqdorida kredit mablag‘i sarflangan. Bu yerda kichkintoylarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash uchun barcha sharoit muhayyo.
[gallery-212]
Ayni paytda muassasada ilk bilim va ko‘nikmani shakllantiruvchi mashg‘ulotlar bilan birga ingliz tili, badiiy gimnastika, karate-do, musiqa, xoreografiya kabi to‘garak soatlari tashkil etilgan. Ushbu to‘garaklarda bolajonlar katta qiziqish bilan dastlabki mahoratini oshirmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA