“Kelajak o‘yinlari-2025”da o‘zbekistonlik jamoalar ishtirok etdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida “Kelajak o‘yinlari-2025” musobaqasi yakunlandi.
Ilk bor ushbu sport tizimidagi musobaqalarning fijital basketbol (3x3) va fijital-raqs va fijital-futbol musobaqalarida O‘zbekiston jamoalari o‘z omadini sinovdan o‘tkazdi.

141 ta jamoaning 500 nafarga yaqin vakillari qatnashgan o‘yinlarda mamlakatimizning fijital basketbol (3x3) jamoasi o‘yinlarning pley-off bosqichigacha yetib borishga muvaffaq bo‘ldi.
Fijital-raqs dasturida yurtimiz sharafini himoya qilgan Stella Mkrticheva saralashlardan muvaffaqiyatli o‘tib, 1/8 final bosqichida qatnashdi.
Ushbu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston fijital sporti vakillariga 2026 yilgi "Kelajak o‘yinlari"ning "Laser tag" yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etish huquqini taqdim etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA