Keksalarning umr yo‘llari ibrat maktabidir
Andijon shahridagi “Rayyon” tantanalar saroyida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimizning joriy yil 1 martdagi “2023 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori ijrosi hamda Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan “Madaniyat va yoshlar” oyligi doirasida viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda turli jabhalarda uzoq yillar mehnat qilib, bugun keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylari, ayni kunda yurt ravnaqi yo‘lida samarali ish olib borayotgan yurtdoshlarimiz hamda yoshlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar tomonidan yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan, katta hayot tajribasiga ega otaxon va onaxonlar bizning faxru iftixorimiz, xonadon, mahallalarimiz ko‘rki, fayzi, ularning umr yo‘llari esa yoshlar uchun ibrat maktabi ekanligi ta’kidlandi.
[gallery-11021]
Yosh avlod tarbiyasiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan keksalarga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Ularga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi. Uch avlod vakillarining to‘kin dasturxon atrofidagi samimiy suhbati, namoyish etilgan konsert dasturi ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat), O‘zA