Kecha dunyoda nimalar roʻy berdi?
Tinch okeanining Kamchatka qirgʻoqboʻyi hududida 4,7 magnitudagi zilzila yuz berdi.
Rossiya. Tinch okeanining Kamchatka qirgʻoqboʻyi hududida 4,7 magnitudagi zilzila yuz berdi.
AQSH. Mamlakat davlat kotibi Mayk Pompeo “Islom davlati” terror guruhi tarkibidagi ayollarni AQSH hududiga kirishi man etilganligini maʼlum qildi.
Turkiya. Mamlakatning gʻarbiy hududlarida mahalliy vaqt bilan soat 18:23 larda 5,5 magnitudali zilzila yuz berdi.
Rossiya. Sankt-Peterburgda nomaʼlum portlash yuzasidan xabar berilgani sababli davlat muassasalari tashrif buyuruvchilari va xodimlari evakuatsiya qilindi.
Xitoy. Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatida anʼanaviy chiroqlar tantanasi oʻtkazildi.
Bangladesh. Mamlakat poytaxti Dakkada aholi yashash hududida yuz bergan yongʻin oqibatida 69 kishi halok boʻldi.