Katta Oqtovli qishlog‘i omilkorlari
Namangan viloyati Norin tumanining Katta Oqtovli qishlog‘i ahli o‘zining mirishkorligi bilan dovrug‘ qozongan. Limonchilik, gulchilik, ko‘chatchilikda ularga yetadigani yo‘q.
– Har bir xonadonda kamida 8-10 sotixli tomorqa bor, - deydi mahalla raisi Shermamat Yorqulov. – O‘rtacha daromad 30-40 million so‘mni tashkil etmoqda.
Gulchilik Namanganda sanoat darajasi chiqayotgani sir emas. Bu borada Katta Oqtovlining ham maqtagulik ishlari bor. Vodiyga tarqayotgan palma gullarining Vatani aynan shu yer.
[gallery-5176]
Mahallada yashovchi Bobur Uraimjonov uch sotixli issiqxonasidagi gulzordan yiliga 70-80 million so‘m daromad oladi.
– To‘rt yildan beri gulchilik bilan shug‘ullanaman, - deydi gulchi B. Uraimjonov. – Xaridorlar gulni uydan olib ketadi. Tomorqachilik ortidan oilamiz farovon, ro‘zg‘orimiz but.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA