IQTIBOS
Kuni kecha BNY kompaniyasi bosh tijorat direktori Ketinka Valstryom ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan kechgan uchrashuv o‘z jamoasi keyingi faoliyatiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishini e’tirof etdi.


Katinka Valstrom, BNY kompaniyasi bosh tijorat direktori:
– Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etgan Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan yuzma-yuz uchrashish men uchun cheksiz sharaf bo‘ldi. Mamlakat kapital bozori rivojini izchil qo‘llab-quvvatlayotgani, kompaniyamiz bilan sheriklikni chuqurlashtirish tarafdori ekani bizni quvontiradi. Qariyb 30 yildan beri O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan BNY mamlakatning bugungi kundagi jadal taraqqiyotini e’tirof etadi. Biz endi milliy kapital bozorini rivojlantirishga yanada ko‘proq hissa qo‘shamiz.

Ma’lumot o‘rnida
BNY AQSHning yetakchi bank-investitsiya guruhlaridan biri hisoblanadi. Aktivlarni boshqarish, kastod, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlash hamda ommaviy va xususiy moliyalashtirish yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/84NmhfDGMe8?si=54gnRJr4Ab00rNIS" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abduaziz Xidirov, O‘zA