Kaspiy dengizi va O‘rta yo‘lak: Oqtov shahrida Ozarbayjon – Qozog‘iston forumi bo‘lib o‘tdi.
"AzerTAJ" axborot agentligi xabar berishicha, Oqtov shahrida "Kaspiy makromintaqasi: Ozarbayjon va Qozog‘iston siyosiy sherikligi manzarasi" mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki mamlakat ekspertlari, diplomatlari, jamoat arboblari va akademik doira vakillari ishtirok etdi.
"Ozarbayjon markazi" jamoat fondi tomonidan Diaspora bilan ishlash bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Oqtov shahridagi bosh konsullik ko‘magida tashkil etilgan anjuman ochilishida Bosh konsul Oyxon Sulaymonli, Yesenov universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Yermek Talantuli, “Ozarbayjon markazi” direktori Ilkin Orujev, “Do‘stlik” etnomadaniy birlashmasi raisi Shamsaddin Guseynov va ekspert Eldor Jafarov so‘zga chiqdi.
Dasturdan integratsiyaning huquqiy asosi, transport diplomatiyasi va O‘rta yo‘lak, shuningdek Ozarbayjon – Qozog‘iston aloqalarini mustahkamlashda diaspora va jamoatchilik diplomatiyasi roliga bag‘ishlangan 3 sho‘’ba yig‘ilishi o‘rin olgan edi.
Ishtirokchilar Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda O‘rta yo‘lakning o‘rni, axborot diplomatiyasi, umumiy tarixiy va madaniy qadriyatlar, shuningdek Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi munosabatlarni muhokama qildilar.
A.Mamatov, O‘zA