Kasb-hunar egallagan askarlarga sertifikatlar topshirildi
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi hamda viloyatdagi harbiy qismlarning biri bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, monomarkazda askarlar va harbiylar 8 yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitildi.
Monomarkazda kasb-hunar egallagan tinglovchilarga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-10427]
Marosimda so‘z olganlar zamonaviy bilim olish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan yoshlarning ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularning intellektual hamda kasbiy mahoratini rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ushbu loyiha ahamiyati xususida so‘z yuritdi.
O‘quv kursini tamomlagan askarlarga egallagan kasbi bo‘yicha sertifikat topshirildi. Shuningdek, yigitlarga kasb-hunar sirlarini o‘rgatishda namuna ko‘rsatgan monomarkaz o‘qituvchilari rag‘batlantirildi.
Tadbirda askarlarning harbiy-jangovar chiqishlari namoyish etildi, harbiy orkestrning tantanali musiqalari yangradi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA