Kasaba uyushmalari – sport targ‘ibotchisi
FOTOREPORTAJ
11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyatining barcha hududlaridagi korxona, tashkilot va muassasalarning mehnat jamoalarida xodimlar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminar va konferensiyalar, ilg‘or va faol mehnatkashlarni rag‘batlantirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan Quvasoy shahridagi “Ahmad Al-Farg‘oniy” dam olish uyida “Kasaba uyushmalari – sport targ‘ibotchisi” shiori ostida erkaklar va ayollar o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada tarmoq kasaba uyushmalariga a’zo korxona-tashkilotlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar sportning shashka, shaxmat va stol tennisi turlari bo‘yicha bellashdi.
[gallery-14448]
Bahslar qizg‘in va murosasiz kechdi. Unda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA fotomuxbiri