Kapello: Messi bir vaqtlar “Yuventus”ga o‘tishga yaqin kelgan edi
Ikki kun avval Messi xet-trik qayd etgan edi.
Italiyalik mutaxassis, sobiq “Yuventus” bosh murabbiyi Fabio Kapello o‘z vaqtida Lionel Messini turinliklar safiga jalb qilish imkoniyati bo‘lganini esladi.
Kapelloning aytishicha, u Messini ilk bor Joan Gamper kubogi bahsida kuzatgan va argentinalik iqtidorli futbolchining o‘yinidan hayratga tushgan.
“U 90 ming muxlis qarshisida mening “Yuventus”im himoyachilariga qarshi juda erkin va ishonchli harakat qilgandi. Uchrashuvdan so‘ng Frank Raykarddan Messini bir yillik ijara asosida berishni so‘radim. Ammo u rad javobini berdi. Keyinchalik “Barselona” uni jamoada qoldirish uchun huquqiy yechim topdi”, — dedi Kapello.
Ikki kun avval Messi xet-trik qayd etib, Argentina milliy terma jamoasiga Jazoir milliy terma jamoasi ustidan yirik g‘alaba qozonish va JCH–2026 musobaqasini muvaffaqiyatli boshlashga yordam bergan edi.