Kanada Hindistondan 41 diplomatni chaqirib oladi
Kanada hukumati Hindistondagi 41 diplomat oila a’zolari bilan birga qaytarilishini ma’qulladi, deb bayonot berdi mamlakat tashqi ishlar vaziri Melani Joli.
Vazir mazkur qaror Dehli tomonidan “Diplomatik munosabat to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi to‘la va asossiz” buzilishi bilan bog‘liqligini aytgan.
– Kanada Hindiston bilan ishlashda davom etadi, mamlakatga nisbatan javob choralari ko‘rmaydi, – deya qo‘shimcha qilgan u. – Hindiston talabi bilan Mumbay, Bangalor va Chandigarda fuqarolar shaxsiy qabuli to‘xtatiladi. Avvalroq Hindiston TIV rasmiy vakili Arindam Bagchi Kanadaning Dehlidagi diplomatlari soni paritet asosida bo‘lishi yuzasidan muzokara olib borilayotgani, Kanadada 21 nafar hind diplomati faoliyat ko‘rsatayotgani to‘g‘risida ma’lumot bergan edi.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabat 18 sentyabr kuni Kanada sinkx jamiyati yetakchisi o‘ldirilishida aloqadorlikda ayblangan hind diplomati mamlakatdan chiqarib yuborilganidan keyin buzilgan.