Kamondan otish: Yevropa Gran-prisida O‘zbekiston bayrog‘i yuksaldi
Bugun, 27 aprel kuni Turkiyaning Antaliya shahrida kamondan otish bo‘yicha Yevropa Gran-pri turniri yakunlanadi.
Dunyoning bir qator davlatlaridan mahoratli merganlar ishtirok etayotgan nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda.

Kecha xalqaro turnirning MIX dasturida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova juftligi dunyoning eng kuchli kamonchilari bilan bahs yuritdi.
Murosasiz kechgan bahslar davomida hamyurtlarimiz saralashda Moldova vakillarini, so‘ngra Gollandiya kamonchilarini dog‘da qoldirdi. Yarim finalda Sodiqov va Abdusattorova juftligi gruziyalik kamonchilarga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bu esa Gruziya vakillari turnirning oltin medali, hamyurtlarimiz bronza uchun kurashni davom ettirishiga olib keldi. 3-o‘rin uchun o‘tgan merganlik kurashida terma jamoamiz a’zolari Germaniya terma jamoasidan 5:3 hisobida ustun keldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA