“Kamolot” kubogi uchun
“Paxtakor” markaziy stadionida futbol bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Kamolot” kubogi musobaqasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Paxtakor” markaziy stadionida futbol bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Kamolot” kubogi musobaqasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.Musobaqa finalida Yunus Rajabiy nomidagi Toshkent pedagogika kolleji va Olmazor politexnika kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘zaro kuch sinashdi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan uchrashuvda Yunus Rajabiy nomidagi Toshkent pedagogika kolleji jamoasi 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.