Kamchatkada An-2 samolyoti halokati sabab 2 nafar uchuvchi halok bo‘ldi
Kamchatkada An-2 samolyoti halokatga uchrashi tufayli ekipajning ikki a’zosi halok bo‘ldi.
Bu haqda Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining Kamchatka o‘lkasi bo‘yicha matbuot xizmati xabar berdi.
Halokat Kamchatkaning Severnыye Koryaki qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Samolyot parvoz paytida uchish-qo‘nish yo‘lagidan 1 km uzoqlikda qulagan. Bortda ikki ekipaj a’zosi bo‘lgan, ularning ikkalasi ham voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Ta’kidlanishicha, samolyot jihozlanmagan uchish-qo‘nish yo‘lagidan havoga ko‘tarilgan.
Voqea joyida 9 ta o‘t o‘chirish va qutqarish texnika vositalari, 40 dan ortiq qutqaruvchi ishlagan.