Jurnalistlar qabul jarayonlarining borishini o‘rgandi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2025/2026 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishning borishi yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.
Qabul komissiyasining mas’ul kotibi Azamat Primbetov ommaviy axborot vositalari vakillariga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishning borishi, filialda mavjud va yangi ochilayotgan mutaxassisliklar, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan joylar, baholash mezonlari, qaysi abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball berilishi haqida ma’lumotlar berdi.
Jurnalistlar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.
[gallery-24073]
Tadbir so‘ngida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati soha vakillarining mehnati e’tirof etildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA