Jurnalistlar Nukus tumanida amalga oşirilayotgan islohotlarni örgandi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus tumanida mahallalarda amalga oşirilayotgan islohotlar, aholi bandligini taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş va tadbirkorlikni rivojlantiriş borasidagi işlar bilan tanişiş maqsadida media-tur taşkil etildi.
Özbekiston mahallalari uyuşmasi matbuot xizmati, Nukus tumani hokimligi hamda uyuşmaning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Media-tur iştirokçilari dastlab Diyqan arna mahallasida bölib, aholi uçun yaratilgan şaroitlar, bandlikni taʼminlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasidagi işlar bilan tanişdi.
Mahalladagi 883 ta xonadonda 4 ming 517 nafar aholi istiqomat qiladi. Bu yerda fuqarolar murojaatlarini masʼullarga bevosita yöllaş imkonini beruvçi maxsus elektron kiosk örnatilgan.
Şuningdek, mahalla faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar, jumladan, sunʼiy intellekt imkoniyatlarini joriy etişga eʼtibor qaratilmoqda. Bunday yondaşuv aholi muammolarini öz vaqtida aniqlaş va ularga manzilli yeçim topişga qaratilgan.
Mahallada jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, xotin-qizlar hamda bolalarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş borasida ham profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Masʼullarning maʼlum qilişiça, mahalla yettiligi hamkorligida amalga oşirilgan işlar natijasida joriy yilning ötgan 10 oyida hududda birorta ham jinoyat, tazyiq yoki zöravonlik holati qayd etilmagan.
Jurnalistlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş va aholi daromadlarini oşirişga qaratilgan taşabbuslar bilan ham tanişdi.
Xususan, asalariçilik sohasida köp yillik tajribaga ega tadbirkor Baxtiyor Jubayev faoliyati media-tur iştirokçilarida qiziqiş uyğotdi. Sohani rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan tadbirkor öz tajribasi, faoliyatini kengaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş va yoşlarni asalariçilikka jalb etiş borasidagi rejalari haqida sözlab berdi.
Media-tur davomida jurnalistlar eksportbop qovun qoqi tayyorlaş faoliyati bilan ham tanişdi. Maʼlum qilinişiça, uşbu mahsulotning bir kilogrammi 6 dollardan 15 dollargaça baholanadi.
[gallery-32326]
Iştirokçilar mahsulotni tayyorlaş jarayoni, uni taşqi bozorga çiqariş imkoniyatlari hamda mahalliy tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş borasida yaratilgan şaroitlar haqida maʼlumot oldi.
Media-tur mahallalardagi özgarişlar, aholi bandligini taʼminlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş borasidagi tajribalarni keng jamoatçilikka yetkazişga xizmat qildi.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA