JSST: koronavirusga chalinganlar har hafta 2 million kishiga koʻpaymoqda
“Har haftada taxminan ikki million kishi koronavirusga chalinmoqda. Oʻtgan haftada dunyo halokatli chegaradan oʻtdi, yaʼni bir million kishi koronavirus tufayli vafot etdi”, – deya taʼkidladi Gebreyesus.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus Jenevada oʻtkazgan brifingda shu haqda maʼlum qildi.
“Har haftada taxminan ikki million kishi koronavirusga chalinmoqda. Oʻtgan haftada dunyo halokatli chegaradan oʻtdi, yaʼni bir million kishi koronavirus tufayli vafot etdi”, – deya taʼkidladi Gebreyesus.
JSST bosh direktori davlat rahbarlarini infeksiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga, koronavirus tarqalishiga barham bera oladigan aniq maqsadli choralarni koʻrishga chaqirdi. Uning taʼkidlashicha, pandemiyani yengishning eng oson yoʻli mamlakatlar birgalikda harakat qilishidir.
Hozirgacha 168 ta davlat COVAX xalqaro mexanizmiga qoʻshilgani tahsinga sazovor. Ushbu mexanizmdan koʻzlangan maqsad koronavirusga qarshi vaksina bilan barchani teng taʼminlashdan iborat. “Yana 25 ta mamlakat ushbu mexanizmga qoʻshilishini maʼlum qildi. Bu insoniyatni pandemiyadan qutqarish uchun dunyoda birdamlik kuchli ekaniga ishoradir”, – degan JSST bosh direktori.