JSST: Koronavirus bo‘yicha eng yomon ssenariy ortda qoldi
“Koronavirus pandemiyasi 2022 yilda yakunlanadi”, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropadagi mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge Daniyaning “DR” telekanaliga bergan intervyusida.
Klyugening so‘zlariga qaraganda, ayni bir paytda virus tarqalishda davom etadi, lekin bu boradagi cheklovlarni olib tashlash ham mumkin bo‘ladi.
“Eng yomon ssenariy ortda qoldi, negaki o‘tgan yilning boshiga qaraganda hozir virus haqida ko‘p narsani bilamiz. Virusning yangi turlari paydo bo‘lishi esa moslashuv jarayonidagi me’yoriy holat. Tashkilotimiz vaksinalar samaradorligini kuzatishda davom etadi”, dedi Klyuge.