JSST: G‘azo shifoxonalarining yarmi yaroqsiz
G‘azo sektoridagi 36 kasalxonadan 22 tasi yonilg‘i tanqisligi, hujum asorati va xavfsizlik holati tufayli ishlamayapti. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.
Hisobotda aytilishicha, qolgan 14 tibbiy muassasada ham jiddiy faoliyat yuritish, hayotni saqlab qolish operatsiyalarini o‘tkazish, bemorni jonlantirish bo‘limida parvarishlash uchun yetarli miqdorda jihozlar, sharoit yo‘q.
– Zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, oddiy aholi va sog‘liqni saqlash xizmatini faol himoya qilish hamda xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilishga chaqiramiz, – deyilgan JSST bayonotida.
O‘zA