Jo‘natmalardagi noqonuniy mahsulotlar fosh bo‘ldi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotga asosan reyd tadbiri o‘tkazildi. Unda yurtimizga o‘tish uchun "S.Najimov" chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan “HYUNDAI GRAND STAREX” rusumli avtotransport vositasida ortilgan “Kurerlik jo‘natmalar” tovarlari xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Avtotransport vositasida xorijda ishlab chiqarilgan, yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan tovarlar orasiga yashirilgan, qiymati salkam 3 milliard so‘mlik jami 104 ta komplektda tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi. Hozirda, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ma’lumot uchun, jismoniy shaxslar xalqaro kurerlik jo‘natmalarida 1 chorakda ming AQSH dollari qiymatidagi tovarlarni bojsiz qabul qilib olishi mumkin.
A.Musayev,O‘zA.