Jomboyda Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda
Jomboy tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Penchak Silat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati bahslari oʻtkazilmoqda.
Jomboy tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Penchak Silat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati bahslari oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Penchak Silat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan chempionatda respublikamizning 500 nafardan ortiq 7 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan sportchilari ishtirok etmoqda.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqan Jomboy tuman hokimi oʻrinbosari S. Luqmonov va Oʻzbekiston Penchak Silat federatsiyasi raisi A. Joʻraboyev mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, sportchilarimizning jahon arenalarida qoʻlga kiritayotgan yutuq va marralari salmogʻi ortib borayotganligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Jumladan, yaqinda Penchak Silat sport turi boʻyicha Malayziyada oʻtkazilgan xalqaro musobaqada mamlakatimiz terma jamoasi yetti nafar sportchi bilan ishtirok etib, shundan olti nafari 1-oʻrinni egallagani aynan sportga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning natijasi ekanligi eʼtirof etildi. Musobaqani tashkillashtirishdagi faollar federatsiyaning faxriy yorliqlaribilan taqdirlandi.

Musobaqa ishtirokchilari “Tanding” — yakkakurash va “Tungal Regu Ganda” — koʻrgazmali chiqishlar orqali oʻz mahoratlarini namoyish etmoqda. Taʼkidlash joizki, mazkur musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchilar joriy yil ushbu sport turi boʻyicha AQSH va Indoneziyada oʻtkaziladigan xalqaro musobaqaralarda ishtirok etish imkoniga ega boʻladi.
Oʻzbekiston chempionati gʻoliblari ertaga – 28 aprel kungi final bahslarida aniqlanadi.
Ўзбекистон чемпионати ғолиблари эртага – 28 апрель кунги финал баҳсларида аниқланади.



