Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Jizzax viloyati yoshlar ishlari boshqarmasida 4 nafar yoshlar yetakchisining ota-onalariga Mahallalarda yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi Qahramon Quranboyev hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevlarning tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jizzax viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Murodbek Rahmonberdiyev ota-onalarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Farzandlarining yutuqlari haqida ota-onalarning ham fikrlari tinglandi.
***
Shu kunlarda mamlakatimizda tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi va Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.
Sana munosabati bilan Zarbdor tumanida bayram tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda “Ilg‘or fermer” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari tantanali tarzda munosiblarga topshirildi.
***
“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Sharof Rashidov tumani FVB tomonidan hamkorlikdagi xizmatlar bilan birgalikda “Jahon Osiyo Myega Tradye” MCHJ qurilish mollari bozorida sodir bo‘lgan shartli yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida shartli yong‘inlarni bartaraf etish, jabrlanganlarni qutqarish va birinchi yordam ko‘rsatish hamda gaz va elektr ta’minoti korxonalarining sodir bo‘lgan avariyalarni bartraf etishdagi harakatlari amalda sinovdan o‘tkazildi.
***
Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni yaxshilash hamda yoshlar o‘rtasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish bo‘yicha xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida G‘allaorol tumani hududidagi o‘quv markazlari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida o‘quv markazlarining joriy yil davomida erishgan yutuqlari hamda 2025 yilda amalga oshiradigan ishlari muhokama qilinib, mas’ullar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.
***
Forish tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida navbatdagi “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tuman prokuraturasi mas’ul xodimlari, harbiy xizmatchilar va xizmatchi xodimlar ishtirok etdi.
Unda shaxsiy tarkibga korrupsiyaviy holatlar va manfaatlar to‘qnashuvi, shuningdek, huquqbuzarlik va qonunbuzilishlarining oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq misollar orqali atroflicha tushuntirishlar berildi.
[gallery-20779]
A.Qayumov, O‘zA muxbiri