Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanining barcha qishloq va mahallalari hududida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida “Onalar bog‘i” loyihasi amalga oshirilmoqda.
“Onalar bog‘i” uchun ajratilgan maydonga tumanning mahalla va qishloqlaridan yoshlar va ayyollar ixtiyoriy ravishda, o‘z xohishiga ko‘ra jalb etilib, turli mevali, manzarali daraxt va buta kӯchatlari qadalmoqda.

Ushbu loyiha viloyatning boshqa hududlarida amalga oshirilayotgani alohida tahsinga loyiq.

*****
Jizzax viloyati Forish tumanidagi 33-sonli umumtalim maktabida “Volontyorlar maktabi” faoliyat boshladi.
Tadbirda O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi, “Oltin qanot” volontyorlari tashkiloti, viloyat va tumanning eng faol volontyor yoshlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi – volontyorlar maktabi direktori Shirin Abidova, “Oltin qanot” volontyorlari tashkiloti rahbari San’atbek Muzaffarov va boshqalar “Volontyorlar maktabi” hamda undagi volontyor yoshlarning maqsad va vazifalari haqida batafsil to‘xtaldi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi. Kunning ikkinchi yarmida volontyorlar tomonidan tuman markazidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 150 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Shu o‘rinda, ushbu seminar-treningda Jizzax davlat pedagogika instituti talabalaridan tashkil topgan volontyorlar hamda Forish tumanining “Volontyorlar maktabi” yosh volontyorlari juda faol ishtirok etganini alohida ta’kidlash lozim.
A.QAYUMOV, O‘zA