Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Baxmal tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Jalolov o‘zi rahbarlik qilayotgan sektor hududidagi “Yangibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida ommaviy qabul o‘tkazdi.
Qabulda 64 nafar fuqaro ishtirok etib, 11 ta murojaat nazoratga olindi, ularning 4 tasi joyida hal etilishi ta’minlandi. Shuningdek, 3-sektor hududida yashovchi ishsiz fuqarolardan 10 nafariga “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida motokultivatorlar berilib bandligi ta’minlandi.
Ushbu hududga tayinlangan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazilib, aholi muammolarini hamkorlikda hal etish yuzasidan kelishib olindi.
* * *
Yangiobod tumanida joriy yil o‘tgan davri mobaynida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.

Tumanda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar va olib borilayotgan targ‘ibot ishlariga qaramasdan jinoyatchilikning ortib borayotgani keskin tanqid ostiga olinib, jinoyatlar soni ortgan hududlarning mutasaddilari jiddiy ogohlantirildi.

Shuningdek, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning shart-sharoit va omillarini o‘rganish, profilaktika maqsadida har bir jinoyat tafsilotlarini ichki ishlar organlari rahbarlari, barcha tashkilot va idoralar, keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikni o‘rnatgan holda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozimligi ta’kidlandi.
* * *
Do‘stlik tumani hokimi Shavkat Darvishev “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda tuman hokimi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, jumladan, ularning tumandagi ijrosi to‘g‘risida gapirdi.
Aholi tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, nafaqa tayinlash, salomatlikni mustahkamlashda amaliy yordam, elektr energiyasi ta’minoti, uy-joy, bank kreditlari ajratishdagi muammolar va shu kabi boshqa masalalar bo‘yicha 30 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Har bir murojaat alohida e’tiborga olinib, hal etish choralari ko‘riladigan bo‘ldi.
* * *
Prezidentimizning 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda dexqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini taminlash maqsadida Arnasoy tuman hokimligida “Jizzax viloyati Agroxizmatlar markazi” tomonidan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda “Agroxizmatlar markazi” bo‘lim boshlig‘i Azimjon Umurzoqov “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va barcha yo‘nalishlardagi fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari uchun texnik ekinlar, mevachilik, intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli moyli ekinlar, kartoshka, savzavot yetishtirish bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berdi.
* * *
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida intellektual va sport musobaqalari Zomin tumanining barcha mahallalarida qizg‘in davom etmoqda.

Jumladan, 4-sektor hududidagi “Mustaqillik” MFY yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va tunda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida – mahalla hududidagi sport inshootlarida, yoshlar o‘rtasida voleybol bellashuvlari o‘tkazildi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari 4-sektor rahbari tomonidan taqdirlandi.
* * *
Sharof Rashidov tumanida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida tayinlangan hokim yordamchilari ijobiy ishlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, “Mulkanlik” MFYdagi hokim yordamchisi sa’y-harakatlari bilan shu mahallada yashovchi band bo‘lmagan va “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan 25 nafar xotin-qiz tikuvchilik sexiga ishga joylashtirilib, bandligi ta’minlandi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA