Jinoyatchilikka qarshi qanday kurashish kerak?
Ichki ishlar vazirligi akademiyasining Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tomonidan chop ettirilgan amaliy qoʻllanmalar ayni shu savolga javob beradi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasining Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tomonidan chop ettirilgan amaliy qoʻllanmalar ayni shu savolga javob beradi.
Mazkur qoʻllanmalar Ichki ishlar vazirining 2019-yil 24-yanvardagi “Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ilmiy yondashuvlar asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yangi metodik va oʻziga xos tajriba yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi asosida mazkur viloyatlarning kriminogen holatini oʻrganish natijasida tayyorlandi.
Dastlabki uchta qoʻllanmada talonchilik, bezorilik va bosqinchilik jinoyatlarining jinoiy-huquqiy, kriminologik hamda kriminalistik tasniflari, sabablari va sodir etilishi uchun imkon berayotgan shart-sharoitlar, ularni barvaqt oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlarini olib borishga qaratilgan tavsiyalar keltiriladi. Hududlarda oʻtkazilgan tadqiqoq natijalari asosida mualliflar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, xususan, ichki ishlar organlari xodimlarining huquqbuzarliklar hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatining muhim jihatlariga eʼtibor qaratishgan.
Markaz ilmiy xodimlari tomonidan nashrdan chiqarilgan yana bir qoʻllanma “Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha hudud metodikasi” deb nomlanadi. Unda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari Ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi Tergov boshqarmalarining 2018-19 yillar davomida tergov qilinib, sudga yuborilgan jinoyat ishlari boʻyicha tuzilgan ayblov xulosalari batafsil oʻrganilgan. Tadqiqotlarga koʻra, 2019-yilda respublikamizda jinoyat sodir etgan shaxslarning 25,6 foizini oʻttiz yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etadi.
Soʻnggi yillarda bu koʻrsatkich pasayib borayotgan boʻlsa-da, yoshlar jinoyatchiligining oldini olish masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Qoʻllanmada ayni sohaga oid taklif va tavsiyalar keltirilgan boʻlib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, aholining demokrafik tarkibi, bandlik darajasi, yoshlarni foydali mehnatga jalb qilish boʻyicha yaratilgan shart-sharoitlar hamda boshqa omillar inobatga olingan. Tadqiqot natijalari umumlashtirilib, tahliliy yechimlar keltirib oʻtilgan.
Shuningdek, “Ayollar jinoyatchiligining barvaqt oldini olish boʻyicha hudud metodikasi” qoʻllanmasida xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar chuqur oʻrganilgan. Mualliflarning fikricha, ayollar jinoyatchiligida muqaddam jazo oʻtab chiqib, qayta jinoyat sodir etayotganlar salmoqli oʻrinni egallaydi. Buning asosiy sabablaridan biri ularning jamiyatga moslasha olmaganligidir.

Shu bois, ilgari sudlangan ayollarni jamiyatda munosib oʻrin topishi, oilaviy sharoiti va muhitini yaxshilash, kasbga yoʻnaltirilgan kurslarda bepul oʻqitish, maʼlumotidan kelib chiqib ish bilan taʼminlash, oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanishga qiziqtirish va reabilitatsiya markazlarida oʻz vaqtida ruhiy hamda jismoniy sogʻligini tiklashga qaratilgan maqsadli profilaktik chora-tadbirlar muntazam oʻtkazilishi lozim.
Qoʻllanmalarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, unda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi subyektlarga ularning vakolatidan kelb chiqib bajarilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar tavsiya sifatida koʻrsatilgan. Mazkur qoʻllanmalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga yuborildi.

Jamshid XOLOV,
katta leytenant