Jinoyatchi politsiyaga pichoq urdi
Chechenistonning Bamut politsiyasi punktiga qurolli hujum qilingan, deyiladi TASS xabarida.
Chechenistonning Bamut politsiyasi punktiga qurolli hujum qilingan, deyiladi TASS xabarida. Bir erkak politsiya yoniga kelib unga pichoq urgan va shundan so‘ng politsiya binosi tomon granatani uloqtirgan.
Tezkor javob choralari natijasida jinoyatchi yo‘q qilingan. Politsiya xodimi esa shifoxonaga olib borilayotib, yo‘lda jon bergan. Hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ish olib bormoqda, politsiya hujum qilgan odamning shaxsiga aniqlik kiritmoqda.