Jinoyat qilganlar jazoga tortildi
Jumladan, joriy yilning 22 yanvar kuni Qibray tumani hududida (Telegram-bot orqali topshiriq olib, giyohvandlik moddalarini tarqatish bilan shug‘ullanganlarni) noma’lum shaxslar urib, tan jarohati yetkazgan va ushbu holatni video tasvirga olgan. Bu keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.
Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyatga aloqador o‘ndan ortiq shaxslar ushlangan.
Holat yuzasidan IIBB va boshqa hamkorlikdagi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1997-2003 yillarda tug‘ilgan o‘ndan ortiq shaxslar gumonlanuvchi sifatida ushlangan.
Ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan. Dastlabki tergovda aniqlanishicha, gumonlanuvchilar ma’lum moddiy manfaat evaziga shu kabi bir nechta voqeada ishtirok etib, tan jarohati yetkazish holati aks ettirilgan video yozuvlarni ijtimoiy tarmoq orqali buyurtmachiga yetkazib bergan.
O‘tkazilayotgan tergov-surishtiruv davomida Qonun ustuvorligi va qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi ta’minlanadi.
A.Musayev,O‘zA.