JCh–2026 ochilish oʻyinini braziliyalik hakamlar brigadasi boshqaradi
Guruh bosqichining ilk oʻyini payshanba kuni Mexikodagi mashhur “Atsteka” stadionida boʻlib oʻtadi.
JCh–2026 ochilish uchrashuvi boʻlgan Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi oʻrtasidagi bahsni braziliyalik Vilton Sampayo boshqaradigan boʻldi.
Unga qanotlarda hamyurtlari Bruno Pires va Bruno Bosxiliya yordam beradi. Guruh bosqichining ilk oʻyini payshanba kuni Mexikodagi mashhur “Atsteka” stadionida boʻlib oʻtadi.
Sampayo bundan oldin JCh–2022 va JCh–2018 musobaqalarida ham ishlagan.