JCH-2026. Ispaniya Urugvayni kichik hisobda mag‘lub etdi. Kabo-Verde Saudiya Arabistoni bilan durang o‘ynab, 2-o‘rinda pley-offga yo‘l oldi
Ispaniya 7 ochko bilan guruhda peshqadam bo‘ldi.
Jahon chempionati «H» guruhida guruh bosqich uchrashuvlari yakunlandi.
So‘nggi 3-turda Ispaniya Urugvayni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yin taqdirini hal qilgan golni 42-daqiqada Aleks Baena kiritdi.
Kabo-Verde - Saudiya Arabistoni uchrashuvida hisob ochilmadi - 0:0.
Ispaniya 7 ochko bilan guruhda peshqadam bo‘ldi. 3 ta uchrashuvda ham durang o‘ynagan Kabo-Verde ikkinchi, 2 ochkosi bor Urugvay 3-bo‘ldi. Saudiya Arabistoni 2 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 4-o‘rinni egalladi.