“Jasorat uchqunlari” musobaqasi Navoiy viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Navoiy viloyatida “Jasorat maktabi” o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Mardlik, bilim va sadoqat” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa ilk bor o‘tkazilishi bilan ahamiyatli bo‘lib, unda joriy o‘quv yilidan faoliyat boshlagan 11 ta “Jasorat sinflari” o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi.

Bellashuvlar nizom talablariga muvofiq saf tayyorgarligi, tibbiy tayyorgarlik, robototexnika, huquqiy savodxonlik va milliy sport o‘yinlari yo‘nalishlari bo‘yicha baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Navbahor tumanidagi 34-maktabning “Temuriylar” jamoasi egallab, musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

A. Bo‘riyev, O‘zA