Jarqo‘rg‘ondagi savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun, 22 yanvar soat 06:00 da Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Yangiobod» mahallasida joylashgan YATT T.Rning avtomobil ehtiyot qismlari savdo do‘konida yong‘in yuz berdi.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in natijasida do‘konning 65 kvadrat-metr shift qismi va ichidagi mahsulotlari yongan.
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 06:07 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat 07:40 da o‘chirgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Savdo do‘konning 300 kvadrat-metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA