JARdagi barda otishma: 14 odam halok bo‘ldi
Janubiy Afrika Respublikasi Yoxannesburg shahri chetida joylashgan barda otishma yuz berib, kamida 14 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “eNCA” telekanali axborot berdi.
Hodisa Soueto tumanida shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Telekanal xabar berishicha, yana 10 inson turli darajada tan jarohati olli. Yaradorlarning 3 nafari og‘ir avhvolda.
Mahalliy politsiya voqea bo‘yicha tergov boshlanganini ma’lum qildi.