Janubiy Koreya Prezidenti birinchi marta BAAga boradi
Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol ikki tomonlama munosabatlarning tarixida birinchi marta 14-17 yanvar kunlari Birlashgan Amir Amirliklariga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Prezident ma’muriyati Milliy xavfsizlik byurosi rahbari Kim Son Xana ma’lum qilishicha, Yun Sok Yol 1980 yilda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan beri birinchi marta BAAga tashrif bilan boradi. Janubiy Koreya rahbarini hamkasbi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon taklif qilgan.
Tashrif dasturiga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari muzokaralar o‘tkazishadi, Koreya delegatsiyasi arab harbiylari bilan ko‘rishadi, shundan so‘ng prezident Seul ishtirokida qurilgan atom elektr stansiyasini zayorat qiladi.
O‘zA